“AYI”MAS, “ARI”

Har bir ona o‘z farzandining to‘rt muchasi sog‘, aql-idroki tiniq, fikrlash qobiliyati a’lo bo‘lib ulg‘ayishini xohlaydi. Shuning uchun bolaning har bir xatti-harakatiga jiddiy qaraydi. Jumladan, uning nutqiy rivojlanishiga ham alohida e’tibor beradi. Bolaning nutqiy rivojlanishi kelajakda uning mustaqil dunyoqarashli shaxs sifatida ulg‘ayishiga zamin hozirlaydi. Aksi bo‘lsa, u o‘zini noqulay his etadi. Kamgap va odamovi bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatda ota-ona u bilan ko‘proq muloqot o‘rnatishi, dildan suhbatlashishi zarur. Nutqida qusuri bo‘lsa, bolani albatta mutaxassis ko‘rigiga olib borish lozim.

Ma’lumki, ayrim bolalarda qator tovushlarni talaffuz qilish qobiliyati sust bo‘lib, ayrimlarini umuman ifodalay olmaydi. Bir tovushni ikkinchi tovush bilan almashtirib yuboradi. Bunday holat esa tovush kamchiliklari deb ataladi. Logopedik mashg‘ulotlar davomida esa mutaxassis boladagi bunday holatlarni bartaraf etadi. Bu ish artikulyasiya mashg‘ulotlar davomida ham amalga oshiriladi. Mazkur mashqlarni uy sharoitida ota-onalar ham bevosita bolalar bilan o‘tkazishsa yaxshi samara beradi.

Muntazam mashq yaxshi samara beradi

Bolaning nutqini rivojlantirishda turli usullardan foydalaniladi. Artikulyasion gimnastika shular jumlasidandir. Bunday mashqlarni o‘tkazishda quyidagi jihatlarga amal qilish maqsadga muvofiq: Avvalo bolaning holatiga e’tibor berish lozim. Uning gavdasi erkin va tik, qo‘l-oyoqlar sokin holatda bo‘lishi kerak. Mashqlarni har kuni o‘tkazishga harakat qiling, bu unda shakllanayotgan ko‘nikmalarning yanada mustahkamlanishiga yordam beradi. Kuniga 3-4 marta 3-5 daqiqadan bajarishga erishilsa yaxshi natija beradi. Bolalar bilan o‘tkaziladigan mashqlar soni 2-3 tadan oshmasligiga e’tibor bermoq lozim. Statik mashqlar, ya’ni artikulyasion mashqlar holatini bir maromda ushlab turish 10-15 soniya davom etishiga ahamiyat bering. Muayyan ketma-ketlikda, oddiylikdan murakkablikka qarab o‘tkazing. Bajarilayotgan mashqlardan bittasi yangi, qolgan ikkitasi takror bo‘lishi lozim. Agar bola mashqlarni bajarishda qiynalsa, yangisini kiritmay turgan ma’qul. Mashq paytida bola o‘zining hamda katta odamning yuzini aniq ko‘rib turishi lozim. Shunda u mashqlarni qanchalik to‘g‘ri bajarilayotganini mustaqil nazorat qila oladi. Buning uchun bola va ustoz ko‘zgu qarshisida turishlari kerak.

Belkurakcha” mashqi: (s, z, sh, j, ch, r tovushalarining talaffuzi uchun)

Til keng holda chiqarilib, bo‘shashtiriladi va pastki lab ustiga qo‘yiladi. Bunda til titramasdan, tinch holatda turadi va shu holatda 5-8-10 soniya ushlab turiladi.

Yana o‘qing:  “KAMALAK JILOSI”: Yangi iqtidorlar kashf etilmoqda

Kosacha” (sh, j, ch, r tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun). Og‘iz keng ochiladi, til keng yoyilib, yuqoriga ko‘tariladi. Til uchi va yon tomonlari yuqori tishlar tomon cho‘zilib “kosacha” hosil qilinadi, lekin ularga tekkizilmaydi. 8-10 soniya ushlab turiladi.

Ignacha” mashqi (l, r tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun).

Og‘iz ochiladi, til tarang holatga keltirilib, oldingi tomonga ingichka qilib chiqariladi, 4-5 marta 8-10 soniya ushlab turiladi.

Tepacha” mashqi (s, z tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun).

Og‘iz yarim ochiladi, til keng yoyilib yonlari yuqori jag‘ tishlariga bosiladi. Tilning uchi pastki oldingi tishlarga tiraladi. Til shu holatda 5-6 soniya ushlab turiladi.

Yelkancha” (j, sh, l, r tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi uchun).

Og‘iz keng ochiladi. Til tor holatga keltiriladi va uning uchi yuqori milklarga tekkiziladi. 5-6 soniya ushlab turiladi.

Qo‘ziqorin” (sh, j, ch, r tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun).

Til yuzasi tanglayga zich yopishtiriladi. Og‘iz keng ochiladi va til yuganchasi qo‘ziqorin oyoqchasi kabi tortiladi. Bu mashq 5-6 marta bajariladi.

Soatcha”(l, r tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun).

Og‘iz sal ochiladi, til uzun va ingichka qilib chiqariladi va shu holda og‘izning o‘ng burchagidan chap burchagi tomon soat millaridek 12-16 marta harakatga keltiriladi.

G‘altak” (s, z tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun).

Tilning yonlari tepa jag‘, tishlariga yopishgan, til uchi pastgi tishlar orasiga tiralgan holda bo‘ladi. Til uchi qimirlamay turib, uning tanasi oldinda chiqariladi, so‘ng yana og‘iz ichiga olinadi. 8-10 marta bajariladi.

Arg‘imchoq” (j, sh, ch, r tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun).

Og‘iz yarim ochiladi, til uzun ingichka qilib chiqariladi, so‘ng navbatma-navbat goh burun, goh iyak tomon olib boriladi. Bu vaqtda og‘iz yopilmaydi. Mashq logoped sanog‘i ostida 8-10 marta bajariladi.

Bo‘yoqchi” (r, l, sh, j, ch tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun).

Og‘iz keng ochiladi, til tor holatga keltiriladi va uning uchi yuqori milklarga tekkiziladi. So‘ng til uchi tanglay bo‘ylab oldinga va orqaga xuddi silagandek harakatlanadi.

Iloncha” (t, d, k, g, x, l tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun).

Yana o‘qing:  YUMUSHINGIZ YANADA YeNGIL

Til ignacha mashqida ko‘rsatilgan holatga keltirilib, ilon tiliga o‘xshagan ingichka til to‘liq oldinga chiqariladi va yana og‘iz ichiga tortiladi. Bu mashq 6-8 marta qaytariladi.

Ot” (sh, j, ch, r tovushlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun).

Til tanglayga yopishtiriladi, so‘ng tanglaydan kuch bilan “ko‘chirib” olingandek qo‘yib yuboriladi. Bu harakat ketma-ket va tez-tez qaytariladi va shu tariqa til va tanglay ot tuyoqlari taqillagandek ovoz chiqaradi. Mashq 8-10 marta bajariladi.

Pedagogika fanlari doktori, professor Lola MO‘MINOVA tavsiyalari asosida Ma’rifat TOLIPOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: