Eng katta boylik

(hikoya)

Negadir Alisherning tez-tez tobi qochib turadi. Shu bois u darslarga ham to‘liq qatnasha olmaydi. Onasi Ra’no opa ham farzandini tez-tez shifokorlar ko‘rigiga olib borar, lekin bundan naf chiqmasdi. Bu holdan uning sinf rahbari Gulnoza opa ham xavotirda edi. Chunki, sinfning reytingi har bir o‘quvchining faolligiga bog‘liq. Shu bois u Alisherning holidan xabar olib, shogirdiga qoldirgan darslari haqida kerakli ma’lumotlarni berishga harakat qiladi.

Alisher 10 yoshga to‘lganida ota-onasi uni shahardagi eng katta tibbiyot markaziga tibbiy ko‘rikka olib borishdi. U har bir tekshiruvdan o‘tarkan, shifokorlarning sinchkov nigohlaridan, shirin so‘zlaridan ruhlanar edi. Ayniqsa, shifokor Davlat akaning huzuriga kirganida uning “Alisher o‘g‘lim, sen juda ham jasur bola ekansan. Agar men tomonda bo‘lsang kasallikni birga yengamiz. Aksincha bo‘lsa, kasallik seni yengib qo‘yadi” – degani unga ancha dalda bo‘ldi.

– Qaysi sportni yoqtirasan? – so‘radi u yana.

– Futbolni deya qisqa javob berdi Alisher.

Davlat aka miyig‘ida kuldi-da, “juda soz, bo‘lmasa men aytgan dorilarni ichib, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanasan. So‘ng seni tez kunlarda sport maktabiga olib boramiz”, – deb Alisherning boshini asta siladi.

O‘sha kuni u ko‘tarinki kayfiyatda shifokor huzuridan chiqdi. Oradan kunlar o‘tdi. Alisher muolajalar sabab o‘zini ancha tetik his qila boshladi.

Davlat akaning ba’zida qo‘ng‘iroq qilib, undan hol-ahvol sorab turishi, unga katta kuch bag‘ishlar edi. Sinfdosh do‘stlarining oldiga kelganda ustozining uni mahkam bag‘riga bosishi, jajjigina sinfdosh qiz Charosning: “Endi kasal bo‘lmaysan-a?” – deya zorlanishi Alisherni yanada kuchliroq bo‘lishiga da’vat etdi.

Shu sabab bo‘ldi-yu, uning sog‘ligi yaxshi tomonga o‘zgardi.

Yaqinda u tahsil oladigan maktabda sinflar aro futbol musobaqasi o‘tkazildi. Unda eng ko‘p golni Alisher urdi. Maktab rahbariyati tomonidan unga faxriy yorliq va nishon topshirildi. Shu kuni Alisher ich-ichiga sig‘mas, dunyoni quvonchga to‘ldirgisi kelardi. Ertasiga u dadasi bilan bo‘yniga nishonni taqqancha Davlat akaning huzuriga bordi. Shifokor Alisherning muvaffaqiyatini ko‘rib, “yashavor, chempion” deya yelkasiga asta qoqib qo‘ydi.

Shahzodabonu KARIMOVA,

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi

144-umumta’lim maktabi o‘quvchisi

Яна ўқинг:  Чўққиларнинг мангу чорлови

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: