5 TA ENG FOYDALI O‘SIMLIK YOG‘I

Norvegiya Miya instituti olimlari miya uzoq vaqt davomida faol va yosh bo‘lib qolishi uchun har kuni ikki osh qoshiq o‘simlik yog‘ini iste’mol qilish kerakligini isbotladi.

Quyida e’tiboringizga 5 ta eng foydali o‘simlik yog‘ini taqdim etamiz.

Zaytun yog‘i. Ushbu yog‘ning yorlig‘ida ko‘rsatiladigan kislotalilik darajasiga e’tibor qarating. U qanchalik past bo‘lsa (0,8 foizgacha) yog‘ shunchalik yuqori sifatli hisoblanadi. Zaytun yog‘ini qadimgi Yunonistonda “suyuq oltin” deb atashgan. Unda olein kislotasi juda katta miqdorda mavjud. Zaytun yog‘i qizdirilganida kanserogen moddalarni deyarli hosil qilmaydi.

Kungaboqar yog‘i. Letsitin moddasining eng yaxshi manbai. Ushbu modda bolaning asab tizimi shakllanishiga yordam beradi, katta yoshda esa aql faolligi va ravshanligini saqlaydi. Shuningdek, letsitin anemiya va ruhiy zo‘riqish, stresslarda organizmning ichki quvvatini tiklashga yordam beradi.

Makkajo‘xori yog‘i. U organizmdagi xolesterin almashinuvini juda yaxshi tartibga soladi. Organizmda badhazm bo‘ladigan qattiq yog‘larning parchalanishiga yordam beradi. Makkajo‘xori yog‘ida fosfor hosilalari, ya’ni fosfatidlar bo‘lib, ular miya uchun juda foydali hisoblanadi. Shuningdek, ushbu yog‘ tarkibidagi nikotin kislotasi (RR vitamini) yurak-qon tomirlarining qon o‘tkazish xususiyatini yaxshilaydi.

Kunjutyog‘i.Tarkibidagi kalsiy moddasi bo‘yicha yog‘lar orasida chempion hisoblanadi. Ushbu yog‘, ayniqsa, homiladorlik davrida va gormonal o‘zgarishlar paytida juda foydali. Qalqonsimon bez va podagra (bo‘g‘im kasalliklari) hastaliklarida ahvolni yaxshilashga yordam beradi. Ammo kunjut qonning quyilish xususiyatini kuchaytiradi. Shu bois yurak kasalliklari va varikozga (vena qon tomirlarining yallig‘lanishi) chalingan odamlar uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari zarur.

Qovoq yog‘i. Rux moddasining ajoyib manbai. Ushbu modda esa erkaklarda testosteron gormonining ishlab chiqarilishida yordam beradi. Qovoq yog‘ini zaytun yog‘i bilan aralashtirib, salatlarga qo‘shish mumkin. Biroq, bu yog‘da maxsulotlarni qovurish tavsiya etilmaydi. Ovqatingiz kuyib ketishi va undan yoqimsiz hid kelib turishi mumkin. Bundan tashqari qovoq yog‘ida selen moddasi ko‘p. Yilning sovuq davrida u immunitetni oshiradi.

Karina ABAKOVA, P.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji

o‘qituvchisi.

Yana o‘qing:  “Tilla bola” – bu Shahram G‘iyosovga ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ta’rif

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: