2021 yilda MTMlar 1 million 109 ming nafardan ziyod bolalarni qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomchilari bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qabul qilingan sohaga oid bir qator davlat dasturlariga asosan ko‘plab ta’lim muassasalari yangidan qurildi, ta’mirlandi, eng zamonaviy o‘quv anjomlari bilan ta’minlandi. Milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, bugungi davr talablariga javob bera oladigan ta’lim-tarbiya tizimi yaratildi. Bu boradagi ishlar bugungi kunda ham jadal davom etmoqda, mustaqil fikr, intellektual jihatdan rivojlangan, o‘z dunyoqarashiga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash har doimgidek dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, dunyo taraqqiyoti shiddati, unda kechayotgan voqealar rivoji barcha sohalar kabi ta’lim-tarbiya jarayoniga ham yangicha yondashuv, innovatsiyalarni tatbiq etishni taqazo etmoqda. Avvalo bu, o‘quv dasturlari, darsliklar, metodikalarni yanada takomillashtirish, o‘qituvchi-pedagoglar saviyasini muntazam oshirib borish, jarayonga eng zamonaviy va ilg‘or axborot hamda ta’lim texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq muammolarda  ko‘rinmoqda.

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimi oldiga qo‘yilayotgan bu kabi vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish, amaliy natijalarini ta’minlash borasida olib borilayotgan  ishlar xususida xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovga bir necha savollar bilan murojaat etdik.

Yana o‘qing:  Shirin so‘z – bemor dardiga malham

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: