Ibratli dunyo

Bugun Otamurodning tug‘ilgan kuni. Barcha yaqinlari qutlagani kelishgan. Otamurod o‘rtog‘i Kamronni kuzatib qo‘yish uchun ko‘chaga chiqdi. Shirakayf Kamron gandiraklab oyog‘i ostidagi toshga qoqilib, yiqilib tushdi.

— Lat yemadingmi? — deya do‘stining o‘rnidan turishiga yordamlashdi Otamurod. — Yur, birorta taksini to‘xtatib uyingga eltib qo‘yaman.

Ular ko‘chaning narigi tomoniga o‘tishganida, oqsoqlanib, bir qo‘lida hassa, birida og‘ir sumkani ko‘tarib kelayotgan bir nogiron kishi:

— Uzr, o‘g‘illarim, charchadim, yordam berib yubormaysizlarmi? — deya murojaat qildi.

— Yo tavba, o‘zi nogiron bo‘lsa, yuk ko‘tarishga balo bormi? — dedi Kamron bepisandlik bilan. — Oldinroq o‘ylash kerak edi, har kimlarni yo‘ldan qoldirmay.

— Yaxshi ish qilmading, — dedi Otamurod.

— Qo‘yaver, boshqa ko‘chada bunaqa timirskalanib yurmaydigan bo‘ladi.

— Balki, farzandi yo‘qdir. Shunga…

Otamurod o‘rtog‘ining ishidan ranjidi. Nogiron kishiga yordamlashay desa, o‘rtog‘i mast, uning o‘zini yolg‘iz tashlab ketib bo‘lmaydi.

Ikkalasi taksiga o‘tirib, o‘z yo‘lida ketishdi. Oradan hafta o‘tdi. Bu hodisa Kamronning esidan chiqib ham ketdi. Tug‘ruqxona atrofida ayolining ko‘zi yorishini kutayotgandi. Yangasi rangi oqarib, tez-tez yurganicha u tomonga keldi.

— Yangajon, jiyanli bo‘lganingiz bilan tabriklasam bo‘ladimi?

— Qizli bo‘ldingiz. Biroq… biroq, chaqaloq nogiron, oyog‘ining biri ikkinchisidan anchagina kalta…

Kamronning bu gapdan butun vujudiga titroq kirib, bo‘shashib qoldi. Ko‘z oldida hassaga suyanib, og‘ir yuk ko‘tarib kelayotgan nogiron kishi gavdalandi…

DILAFRO‘Z

Yana o‘qing:  Kulgu-shifo (2014/35-36)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: