Topishmoqlar (2013-22) - admin · 04.06.2013 Yum-yumaloq mag’zi zo’r, Ichi oqdir bo’lsa g’o’r. Obdon pishsa ko’rasan, Mag’zin yeb sog’ yurasan. *** Olov to’lar bag’riga, Shirmoy nonlar makoni, Har bir uyda o’rni bor, Deyishar rizqning koni. *** Gulni sevadi o’zi, Gulzorlardan topasan. Qo’l uzatsang u qochar, Tutmoq uchun chopasan.