Zulfiyaxonim.uz sayti yaratilmoqda

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan veb-saytni yaratish borasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlandi.

Tadbirda Zulfiya tavalludining 100 yilligini munosib nishonlash haqida so‘z bordi. Shuningdek, shoiraning hayoti va ijodi bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida yaratilayotgan saytning o‘zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat olib borishi rejalashtirilayotganligi, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Zulfiyaxonim.uz sayti dizaynining ikki xil ko‘rinishi namoyish etildi va yig‘ilish ishtirokchilari bu borada o‘z fikrlarini bildirdilar.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Toshkent shahar hokimligiga mazkur saytni yanada boyitishga yo‘naltirilgan tegishli vazifalar yuklatildi.

Tadbirda Xotin-qizlar qo‘mitasi Raisi Elmira Bositxonova ishtirok etdi.

M.XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  PIRU BADAVLAT OTAXON

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: