Yangi o‘quv yili uchun qabul kvotasi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018–2019 o‘quv yilida O‘zbekiston respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra aniq yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan istiqbolga mo‘ljallangan talab-ehtiyoj, shuningdek, bitiruvchilarning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashuvi monitoringi ma’lumotlari asosida 2018–2019 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari shakllantirildi.

 

2018–2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha umumiy kvota:

Bakalavrlar uchun 69.200 nafar.

Davlat grantlari bo‘yicha – 17.654 ta.

To‘lov-kontrakt asosida – 51.546 ta.

 

Magistrlar uchun 5.903 nafar.

Davlat grantlari bo‘yicha – 1.552 ta.

To‘lov-kontrakt asosida – 4.351 ta.

 

Maxsus sirtqi bo‘limlarda bakalavrlar uchun 11.765 nafar.

Davlat grantlari bo‘yicha – 15 ta.

To‘lov-kontrakt asosida – 11.750 ta.

 

2018–2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari doirasida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligining 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga o‘qishga qabul qilishni qaytadan tiklash haqidagi taklifiga rozilik berilmoqda.

 

Belgilanmoqdaki:

  • oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim bo‘limlariga umumiy qabul kvotasi respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2018/2019 o‘quv yili uchun tasdiqlangan umumiy qabul kvotasining 30 foizigacha bo‘lgan miqdorida belgilanadi;
  • oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim bo‘limlarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
  • oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim bo‘limlarida o‘qitish qiymati tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi o‘qitish shakli qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorida belgilanadi.
Yana o‘qing:  OAV xodimlari sport musobaqasida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: