Xorijlik shifokorlar Andijonda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yuksaltirish, tibbiy muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xalqaro tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, jahondagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va tizimga joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Koreya Respublikasining “Ewha Womans University” gospitali o‘rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuviga asosan Andijon viloyatida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik tadbirlari ana shu yo‘nalishdagi ishlarga yorqin misoldir.

Tibbiy ko‘rik tadbirlari hafta davomida o‘tkazildi. Ko‘riklar pediatr, ortoped, kardiolog, allergolog, terapevt, stomatolog, farmatsevt, urolog, dermatolog va boshqa mutaxassisliklarga ega bo‘lgan malakali shifokorlar tomonidan olib borildi. Koreyadan keltirilgan tibbiy jihoz va asboblar yordamida o‘tkazilgani tibbiy ko‘rikning yanada samarali bo‘lishini ta’minladi.

– Maqsadimiz o‘zbekistonlik shifokorlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va albatta, aholi salomatligini saqlashga ko‘maklashish, – deydi “Ewha Womans University” gospitali professori Choy Xay Yoong. – O‘zbekistonda avval ham bo‘lganman. Keyingi vaqtlarda yurtingizda ro‘y bergan ulkan o‘zgarish va yangiliklar meni yanada hayratga solmoqda. Ayniqsa, tibbiyot sohasida erishilayotgan yutuqlarni alohida e’tirof etmoqchiman. O‘zaro hamkorligimiz ijobiy samaralar berishiga ishonaman.

Ko‘rik jarayonida 900 nafarga yaqin fuqaroga zarur tavsiya va maslahatlar, bir guruh bemorlarga esa bepul dori-darmon, sanitariya-gigiyena vositalari berildi.

Tashrif doirasida koreyalik shifokorlar Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tibbiy ta’lim va uning samaradorligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish yuzasidan muloqotlar, “Mahorat darslari” o‘tkazildi, ilmiy ma’ruzalar tinglandi.

 

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  MARDLIK VA JASORAT DARSLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: