Xayrli ishning xosiyati ulug‘vor

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi o‘z faoliyati davomida chekka hududlardagi aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, fertil yoshidagi ayollar va bolalarni chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va zarur bo‘lganda davolash muassasalarida sog‘lomlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga moddiy yordam ko‘rsatish singari ko‘plab samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Fondning mintaqaviy filiallari orqali respublikamizning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholi qatlamlariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga muruvvat yordamlarini yetkazib berishi yanada yengillashdi.

– Jamoamiz bilan hamkorlikda biz ham yuqorida ta’kidlab o‘tilgan davlat dasturlarini amalga oshirish yo‘lida baholi qudrat harakat qilayapmiz, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Xorazm viloyat bo‘limi direktori Nargiza Sharipova. – Joriy yilda ham 2013 yilda qabul qilingan “Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida aholi o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiryapmiz. Bugungi kunda jamg‘armamiz UTT (ultratovush tekshiruvi), EKG, kolposkopiya, audiometr, tezkor laboratoriya kabi tibbiy uskunalar, dori-darmonlar, vitaminlar bilan ta’minlangan. Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasiga biriktirilgan mobil klinika malakali mutaxassis-shifokorlari uzoq va chekka qishloqlarga borib kam ta’minlangan aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ulardagi kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, xastaliklarni bartaraf etishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Ha, qisqasini aytganda, joriy yilning birinchi choragida tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi shifokorlari Urganch serjantlar maktabidagi harbiylarning oila a’zolari, hamda shu shahardagi “Mustaqillik”, “Yuqori-bog‘”, “Navbahor”, Feruz nomidagi va boshqa mahallalar aholisi hamda Xiva, Hazorasp tumanlaridagi reproduktiv yoshdagi xotin-qizlar, nogironlar, qariyalar, o‘smir va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Salomatligi nazoratdan o‘tkazilgan 4 ming 351 nafar fuqaroning 2 ming 529 nafari ayollar bo‘lib, ularning 2 ming 302 nafarini fertil yoshidagi ayollar tashkil etadi. Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy patronaj xodimlari tomonidan mahallalarda muntazam ravishda sog‘lomlashtirish haftaliklari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Navbatdagi ana shunday tadbirlarning birida 631ta oilaning turmush tarzi, ularning salomatligi mutaxassislar tomonidan o‘rganildi. Skrining markazi orqali 4 ming nafardan ziyod homilador ayol UTT ko‘rigidan o‘tkazilib, aniqlangan tashxis bo‘yicha bemorlar davolash muassasalarida sog‘lig‘ini mustahkamlab olishlari uchun yo‘llanmalarga ega bo‘ldilar. Homilador ayollarning perinatal skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilishi nogironlar tug‘ilishining oldini olish, tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlashda muhim omil bo‘layotir.

Yana o‘qing:  ADABIYOT – ma’naviyat ko‘zgusi

O‘rta maxsus kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalarida va mahallalarda sog‘liqni saqlash hamda FHDYo bo‘limi xodimlari ishtirokida muntazam ravishda o‘tkazilayotgan “Istalmagan homiladorlikning oldini olish”, “Zamonaviy kontratsepsiya vositalari”, “Oilaviy hayotga tayyormisiz?”, “Erta turmush qurish va uning salbiy oqibatlari”, “OIV va OITS haqida tushuncha”, “Kamqonlik kasalligi nima?”, “Yod tanqisligi kasalligining sabablari” mavzularidagi kechalar, mutaxassislar bilan uchrashuv va suhbatlar, ayniqsa, interfaol uslubda o‘tkazilgan davra suhbatlarida namoyish etiladigan videofilmlar ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olayotirlar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” dasturi hamda 2015 – “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ming nafarga yaqin yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga protez-ortopedik mahsulotlar, reabilitatsiya texnik vositalari, 20 nafariga nogironlik aravachalari taqdim etildi. Navro‘z bayrami munosabati bilan Urganch shahridagi Ko‘zi ojizlar jamiyati, Bog‘ot, Hazorasp tumanlarida xayriya tadbiri o‘tkazildi va manzilli yordam ko‘rsatildi. Hazorasp tumanining “Muxomon”, “Ovshar” mahallalarida o‘tkazilgan “Sumalak sayli”da besh nafar 90 yoshdan oshgan onaxonlarga xayriya sovg‘alari tarqatildi. Yolg‘iz keksalardan 18 nafari mobil klinika brigadasi shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda ularga dori-darmonlar tarqatildi.

Xiva tuman erkaklar “Muruvvat uyi”da yashovchi yolg‘iz keksalarga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya fondi tomonidan keltirilgan dori-darmon, sanitariya va gigiyena vositalari va nogironlik aravachalari muruvvat yordami sifatida topshirildi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: