Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2012-42)

  • Poytaxtimizda VIII Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ish boshladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ilk bor 2005 yilda tashkil etilgan mazkur tadbir hozirgi kunga kelib, jahonda paxta bozori siyosatini belgilovchi nufuzli yarmarkalardan biriga aylandi. Mazkur yarmarkaga tashrif buyuruvchilarning soni tobora ortib borayotgani buning yaqqol tasdig‘idir.

  • O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasida yurtimiz sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur mamlakatda faoliyat ko‘rsatadigan yetakchi sayyohlik agentliklari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

  • Poytaxtimizda Janubiy Koreyaning qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasidagi tajribasi va erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan konferensiya hamda mazkur sohada qo‘llaniladigan Koreya texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

  • O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Fond mutasaddilari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

  • Toshkentda “Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi so‘nggi yutuqlar va tendensiyalar: past o‘lchamli funksional materiallar rolidan innovatsiyalarni boshqarishgacha” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman boshlandi.
Yana o‘qing:  XALQARO TA’LIM KO‘RGAZMASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: