Toshkentda nuqsonli bolalar uchun yangi markaz ochildi

Markaz alohida ehtiyojli bolalardagi xotira, mantiqiy fikrlashni kuchaytirishga xizmat qiluvchi rang-barang didaktik materiallar, uslubiy qo‘llanmalar va maxsus o‘yinchoqlar bilan ta’minlangan.

Kuni kecha poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o‘quv-metodik markazi hamkorligida tashkil etilgan «Ta’lim hamma uchun» maslahat markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

«Ta’lim hamma uchun» maslahat markazini tashkil etishdan asosiy maqsad jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni hayotga moslashtirish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarishga yaqindan ko‘maklashish, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirishda tarbiyachi, psixolog va ota-onalarga yaqindan ko‘maklashishdan iborat.

Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari uchun o‘tiladigan korreksion mashg‘ulotlar, ixtisoslashgan metodikalarni qo‘llash bilan bog‘liq dolzarb masalalarni o‘rganish, shu yo‘nalishda maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, maxsus maktabgacha ta’lim bo‘yicha pedagog-mutaxassislarga uslubiy-amaliy ko‘mak ko‘rsatish ushbu markaz faoliyatining asosiy vazifalardan biridir.

O‘zA.

Yana o‘qing:  Ko‘ngil qadr topganda...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: