Toshkent davlat stomatologiya institutida III halqaro stomatologlar kongressi bo‘lib o‘tdi

Respublika sog‘liqni saqlash tizimini, xususan, stomatologiya va yuz-jag‘ jarroxligi sohasini yanada isloh qilishning asosiy maqsad va vazifalarning bajarilishi munosabati bilan 2019 yil 2-3 may kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida III halqaro stomatologlar kongressi bo‘lib o‘tdi.

Har yili o‘tkaziladigan kongress o‘tgan yil davomida ilmiy va amaliy faoliyatni sarhisob qilishning o‘ziga xos natijasidir. Bu jarayon ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatni tadqiq va tahlil qilish, sog‘liqni saqlash tizimidagi bo‘lg‘usi mutaxassislar — tish shifokorlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish va kerakli malakalarni ta’minlash imkonini beradi.

Kongressda jahonning 9 mamlakatidan (Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Koreya, Italiya, Germaniya, Fransiya, Chili, AQSH) kabi 80 dan ortiq xorijiy mutaxassislar ishtirok etdilar. Yosh mutaxassislar va tibbiy amaliyot shifokorlari uchun Germaniya, Rossiya va Koreya mutaxassislari yuz-jag‘ kasalliklarning diagnostikasi va davolashda innovatsion ishlanmalardan amaliy foydalanishga oid 6 ta master-klass o‘tkazdilar. 4 ta memorandui imzolandi.

Kongressda sog‘liqni saqlash, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar, ekspertlar va mutaxassislar  tomonidan tayyorlangan ilmiy ma’ruzalar taqdimoti o‘tkazildi. Ishtirokchilar ixtisoslashtirilgan va profilaktika stomatologiyasini ta’minlashni takomillashtirish, pediatriya stomatologiyasi va ortognatik  jarrohlik bo‘yicha diagnostika va davolashni standartlashtirish, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekistonda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chet el sog‘liqni saqlash sug‘urtasi bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish, tibbiy turizmni rivojlantirish va uning ahamiyati,  sog‘liqni saqlash sohasida AKT kabi masalalarni muhokama qildilar.

 

Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2013-44)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: