TO‘MARIS IZDOSHLARI

Yaqinda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Shahrixon tuman Kengashi hamda tuman xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni ommaviy sportga keng jalb qilish maqsadida ayollar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Unda tumandagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar hamda uy bekalari, kasb-hunar va akademik litseyda tahsil olayotgan o‘quvchi-qizlardan iborat 11 ta jamoa ishtirok etdi.

Ishtirokchilar sportning o‘q otish, uzoqqa sakrash, 100 metrga yugurish, arqon tortish kabi turlari bo‘yicha bellashdilar. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda Shahrixon pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mirolim ISAJONOV,

Andijon viloyati

Yana o‘qing:  NOZIK BARMOQLARDAN SEHRLI TARANNUM

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: