Tibbiy madaniyat – sog‘lom hayot asosi

O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi oldidan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Tibbiy-ijtimoiy markazi hamda 7-oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Feruza mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalardagi tug‘ish yoshidagi ayollar va o‘smirlar, bolalar va keksa yoshdagi aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tekshiruvdan o‘tgan 70 nafarga yaqin aholining 48 nafari xotin-qizlar bo‘lib, ularning 30 nafarga yaqini reproduktiv yoshidagi ayollardir. Tadbirda bemorlarga xayriya sifatida dori-darmonlar tarqatildi. Hamda tibbiy ko‘rik natijasida aniqlangan O‘RVI (o‘tkir respirator virus kasalligi), me’da-ichak xastaliklari, yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarning onalariga kerakli tavsiyalar hamda davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

– Uyimizga yaqin joyda o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘rikka farzandlarim va 82 yoshli qaynonam bilan birga keldik. Aksiya davomida bolalar shifokori, nevropatolog, kardiolog, ayollar shifokori hamda ultratovush (UTT) va EKG tekshiruvlaridan o‘tdik. Mahalladoshlarimiz nomidan barcha tibbiyot xodimlari va tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorligimni bildiraman, – deydi Manzura Haydarova.

Tadbirda aholiga “Erta nikoh qurishning salbiy oqibatlari”, “Ona va bola skriningi” davlat dasturi deb nomlangan bukletlar tarqatildi. Shuningdek, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Tibbiy-ijtimoiy markazi mutaxassisi Siyara Jambekovaning “Aholi orasida tibbiy madaniyatni oshirish”, “Reproduktiv salomatlik” va “Tug‘ruqlar oralig‘ini saqlang” mavzularidagi ko‘rgazmali chiqishlari orqali yig‘ilganlar o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: