Tarixiy obidalarda smart-texnologiyalar joriy qilinadi

Sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish uchun qator keng ko‘lamli loyihalar rejalashtirilmoqda.

Turizm sohasiga kiritiladigan investitsiyalar hajmini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgan. O‘zbekistonda har yili Investorlar forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Madaniy meros ob’yektlarida smart-texnologiyalarni faol tatbiq etish zarurati qayd etildi. Shu munosabat bilan yagona chipta va mehmonlarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish tizimlari kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan konsepsiya ishlab chiqilmoqda. Mazkur konsepsiya shuningdek, virtual turlarni tashkillashtirish, audiogidlarni o‘rnatish, xorijiy tillarda tarixiy obidalarning elektron kataloglari va ularning 3D-modellarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Madaniy-tarixiy meros ob’yektlari haqidagi batafsil ma’lumotlarni o‘zida jamlagan mobil ilovalar ishlab chiqiladi.

Loyihani amalga oshirish internet-provayderlar uchun ham qator preferensiyalarni taqdim etishni nazarda tutadi. Xorazm, Farg‘ona, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yangi sayyohlik hududlari va tog‘ klasterlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Kompaniyalarning internet-resurslarida elektron band qilish, onlayn xizmatlar to‘lovi va boshqa servislar joriy qilinadi. Saytlar turistik mahsulotlar va xizmatlarni sotishda samarali jihozga aylanishi kutilmoqda.

Yana o‘qing:  Qon nega suyuladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: