TA’LIM TIZIMIGA BAG‘ISHLANDI

Urganch shahridagi 3-umumta’lim maktabida YUNISEFning “Bolalarga do‘stona munosabat maktabi” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mamlakatimizda maktab ta’limi sifati va samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi ilg‘or tajribalar, ta’lim tizimining o‘ziga xos uslublari haqida so‘z yuritildi.

YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Jan-Mishel Delmot O‘zbekiston ta’lim tizimida maktab o‘quvchilarining mukammal bilim olishi borasida to‘plangan pedagogik tajriba va o‘ziga xos uslublar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan amaliy san’at va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi davra suhbati qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

A.ShOKIROV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2012-44)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: