Surxondaryoda 40 o‘ringa mo‘ljallangan urologiya markazi filiali ochiladi

Surxondaryo viloyatidagi iqlim va ekologik sharoit tufayli urologik kasalliklar, xususan, buyrak-tosh xastaligi aholi o‘rtasida keng tarqalganligi va respublika ko‘rsatkichlaridan deyarli ikki barobar yuqori ekanligi statistik ma’lumotlardan ma’lum.

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi direktori Farhod Oqilovning ma’lumot berishicha, Surxondaryoda urologiya xizmati Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi urologiya va tuman tibbiyot birlashmalaridagi xirurgiya bo‘limlarida tashkil etilgan. Qayd etilgan tibbiyot maussasalarining moddiy-texnika bazasi past darajada bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlar malakasi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Shu sababli 2016 yil Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazida davolangan 27000 dan ortiq bemorning 2711 nafari (10 foizdan ziyodi)ni Surxondaryo viloyatidan kelgan bemorlar tashkil etdi. Ularning aksariyati, kasallikning asoratlangan davrida murojaat qilgan.

Hozirgi kunda viloyatda urologik va gemodializ yordami sifatini oshirish, undan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, urologik yordamning barcha bosqichlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish, shuningdek, asoratlangan urologik kasalliklar tufayli yuzaga kelgan buyrak yetishmovchiligining oldini olish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazining Surxondaryo viloyat filialini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Ushbu filial zamonaviy davolash-diagnostika asbob-uskunalar bilan jixozlangan 40 o‘rinli va 10 ta “Sun’iy buyrak” apparati mavjud bo‘lgan gemodializ bo‘limiga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, yuqori malakali mahalliy kadrlar maktabi yaratilishi hisobiga, aholiga ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish, urologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash imkoni paydo bo‘ladi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Mustaqillikka mening hissam

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: