Sport – salomatlik asosi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Saxovat sport servis” ochiq aksiyadorlik jamiyatining suv sporti saroyida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan “Nafosat olami” sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 250 nafardan ortiq 2003–2012 yillarda tug‘ilgan o‘smir qizlar va bolalar sinxron suzish, suzish, suvga sakrash, sport raqsi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

G‘olib va sovrindorlar tadbir tashkilotchilari tomonidan rag‘batlantirildi.

 

***

Ana shunday tadbirlardan yana biri Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Yugnakiy o‘smirlar sport maktabida tashkil etildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan “Sog‘lom avlod uchun” kubogi IV Respublika sport festivalida 250 nafarga yaqin o‘smir qiz sportning gimnastika, badiiy gimnastika, aerobika turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Turnir g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Yana o‘qing:  O‘z bolamizni o‘zimiz asraylik!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: