Shifokor qabuliga navbatda turmaysiz, endi elektron murojaat qilish tizimi yaratiladi

Hech o‘zingizning kasallik tarixi xususidagi daftarchangizni olib o‘qib ko‘rganmisiz? Ba’zida shifokor xusnixatiga tushunmay, o‘qimay qo‘yaqolasiz. Endi unday bo‘lmaydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra kelgusida qo‘l bilan yozilmaydigan kasallik tarixi shakllantiriadi.

Yaqinda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasida “Xalq salomatligi: muammo va dolzarb vazifalar” mavzuida tashkil etilgan ochiq muloqotda jurnalistning bir savoli e’tiborimni tortdi. U tadbirda ishtirok etayotgan Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillariga shunday savol bilan murojaat qildi: Zamon shiddat bilan o‘zgarib, hayotimizga ilg‘or texnologiyalar jadal kirib kelayapti. Tibbiyotimizda bu borada qanday yangiliklarni ko‘rish mumkin?

Bu savolga aniq va to‘liq ravishda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari atroflicha javob berishdi. Ya’ni:

– Tibbiyotda ham zamonaviy fan-texnika yutuqlari taraqqiyot, yangi marralarni egallashning asosiy garovi hisoblanadi. Ayni paytda jabhaga teletibbiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal kirib kelayotganining boisi shunda. Fikrimiz isboti uchun oddiy misol keltiramiz. Teletibbiyot uskunalari yordamida hududiy pediatriya muassasalarida 40 foiz holatlarda poytaxtga bormay tashxis qo‘yish mumkin ekan. Pirovardida pul ham, vaqt ham tejaladi, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olinadi. Shu bois O‘zbekistonda istibolda bu kabi texnologiyalar barcha hududiy pediatriya markazlariga o‘rnatiladi.

Shuningdek, ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda almashish hajmini oshirish maqsadida raqamlashtirish bo‘yicha ham ishlar olib borilayapti. Hozirda muassasalararo yagona tarmoqqa 3 mingta kompyuter ulangan. Yil oxirigacha ularning soni 11 mingtaga yetkaziladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – “elektron sog‘liqni saqlash tizimi”ni yaratib, tezkorlik va sifatni oshirishdir. Eng asosiysi, bunday qulaylik natijasida birorta kasallik tarixi qo‘l bilan yozilmaydigan bo‘ladi.

Ko‘pchilik qiziqtirayotgan mavzu endi fuqaroning kasallik tarixi qo‘lda emas elektron shaklda bo‘lishidadir.  Allbatta, bu xalqimiz uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va tibbiyot sohasidagi ulkan yutuqlardan biri sanaladi.

Shuni ta’kidlash joizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida bu boradagi ishlarni tubdan takomillashtirish, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, bu tizimdan aholining foydalanish imkoniyatini kengaytirish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar belgilandi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasida tibbiyot tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.  Unda deputatlar, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, mutaxassislar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2012-3)

Seminarda ushbu chora-tadbirlarni o‘z vaqtida hayotga tatbiq etish, davlatimiz rahbarining shu yil 5 yanvar va 7 fevralda sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan uchrashuvlarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yanada oshirish borasida bergan topshiriq va ko‘rsatmalarini to‘liq ro‘yobga chiqarish masalalariga e’tibor qaratildi.

Sog‘liqni saqlash tizimiga axborot texnologiyalarining chuqur tatbiq etilishi bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muammolarning samarali hal qilinishiga zamin yaratadi. Masalan, tibbiyot muassasasiga elektron murojaat qilish tizimi yaratilsa, tibbiy maslahat uchun kelgan bemorning shifokor qabuliga kirish uchun soatlab navbat kutishiga zarurat qolmaydi. Tibbiyot kartalarini elektron shaklda yuritish tartibi esa bemor uchun ham, shifokor uchun ham yana bir qulaylikdir. Teletibbiyot yutuqlarini qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiyot muassasalariga joriy etish og‘ir kasalliklarning oldini olish, kasalliklarga tez va aniq tashxis qo‘yish tizimini yaxshilash, inson manfaatini muhofazalashda muhim yutuqlar omili bo‘ladi.

Ayni kunlarda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturida belgilangan “Sog‘liqni saqlash” axborot tizimini yaratish loyihasi amalga oshirilayotir.

Tadbirda ushbu loyiha doirasida muayyan ishlar bajarilgani qayd etildi. Biroq loyihada belgilangan ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Tizimda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining soni juda kam, ushbu faoliyat tartibga solinmagan. Yagona interaktiv xizmatlar portali orqali aholidan kelib tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida javob qaytarilmayapti.

Seminarda, shuningdek, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni veb-saytga to‘liq joylashtirish, elektron hujjat aylanish tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish, axborot xavfsizligini ta’minlash ishlariga e’tiborni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Tibbiyotga oid axborotlarni tarqatish tizimini takomillashtirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori vositalari savdosi jarayonida huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlardan aholini keng xabardor qilish, aholi bilan muloqotning samarali mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

Navro‘z Norboboyev

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: