Samarqanddagi ikkita mehribonlik uyiga 30 million so‘mdan homiylik yordami ko‘rsatildi

Shu yilning 9 oktbyar kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining turmush o‘rtog‘i Zaida Grauze xonim hamda Falastin davlatining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisining turmush o‘rtog‘i Lyubov Tarshaxani xonim O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari hamrohligida Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.
Ma’lumki, O‘zbekistonda o‘zining diplomatik missiyasini olib borayotgan xorijiy davlatlar elchilarining oilalari o‘rtasida har yili “Milliy taomlar” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan. Mazkur festival davomida tayyorlangan taomlarni sotishdan jamg‘arilgan mablag‘ yurtimizdagi mehr-muruvvatga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.


Elchilarning rafiqalari Samarqandga ana shu ezgu yumushni ado etish maqsadida kelib, shahardagi 1- va 10-mehribonlik uylarida bo‘ldilar.
Mehmonlar Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov hamrohligida muassasalarda bolalarning yashashi, ta’lim-tarbiya olishi va kasb-hunar o‘rganishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Ular ota-ona qaramog‘isiz qolgan, yetim bolalarga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tiborning guvohi bo‘ldilar.
Mehmonlarni qizg‘in kutib olgan bolalar ulatga o‘zlari tayyorlagan madaniy dasturlarini namoyish etdilar.
Tadbirda Zaida Grauze va Lyubov Tarshaxani xonim tarbiyalanuvchilarga o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirgan holda muassasa rahbarlari va tarbiyachi-xodimlarga mashaqqatli mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor etishdi.
Ular festivaldan jamg‘arilgan mablag‘lardan mehribonlik uylarining har biriga 30 million so‘mdan beg‘araz homiylik yordamini topshirdilar.
Tashrif davomida mehmonlar shaharning tarixiy-madaniy yodgorliklarini tomosha qildilar.

Maryam Ahmedova.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston – ko‘p millatli ahil mamlakat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: