SAMARALI HAMKORLIK

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vakolatxonasi hamkorlikda “Ingliz tilini o‘rganishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” loyihasi seminar-treningiga bag‘ishlangan tadbir Yakkasaroy tumaninga qarashli 89-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari A.Xolbekov so‘zga chiqib bugungi kunda chet tillarni o‘rganish zamon talablaridan biri ekanligini inobatga olib, kurs tinglovchilariga ushbu loyihaning maqsad va vazifalari va uni amaliyotga tadbiq etishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini bilish naqadar muhimligi haqida ta’kidladi.

Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi boshlig‘i Stiv Maknalti loyihani amaliyotga tadbiq etishda yaqindan yordam bergan Xalq ta’limi vazirligi, ZiyoNET resurs markazining Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi bo‘limi, hududiy pedagogik xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Davlat pedagogika institutlari va loyiha tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Seminarda barcha darslar ingliz tilida olib borilmoqda. Tinglovchilar axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rganish bilan bir qatorda, internet tizimidan materiallarni yuklab olish, ZiyoNET portali loyihalarida — ID.uz. tizimidan ro‘yxatdan o‘tish, bloglar ochish, saytlar yaratish va ma’lumotlar joylashtirib borish to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishdi.

Seminar 18 yanvar kuniga qadar davom etadi.

Mehrixon ORTIQOVA,

Yunusobod xorijiy tillar akademik litsey o‘quvchisi

Yana o‘qing:  TANLOVNING MUNOSIB G‘OLIBLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: