Samarali hamkorlik va tajriba

Rossiyalik professor O‘zbekistonda koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra dunyo aholisining 5,3 foizi eshitish qobiliyatining pasayganligidan aziyat chekadi.

Dunyo bo‘yicha har 1000 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqdan biri eshitish pastligi yoki mutlaq karlik bilan tug‘iladi. Bu ko‘rsatkich bir yoshga yetganda 2-3 baravar ortadi. Eshitish zaifligi irsiy, tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Afsuski, bunday bolalarda ikkilamchi nutq ham shakllanmay qoladi, ular jamiyatda o‘zlarini ijtimoiy chegaralangan his qiladi.

Kuni kecha Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan tashrif buyurgan tibbiyot fanlari doktori, professor Vladislav Kuzavkov bilan hamkorlikda koxlear implantatsiya operatsiyalari bo‘yicha “Mahorat darslari” hamda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, koxlear implantatsiya operatsiyasi bolalardagi tug‘ma va orttirilgan eshitish zaifligi xastaligini samarali davolaydi. Ushbu amaliyot Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Bugungacha markazda mahalliy mutaxassislar tomonidan 360 nafardan ortiq bolada byudjet mablag‘lari hisobidan koxlear implantatsiya operatsiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan bo‘lsa, 70 nafardan ortiq bemor imtiyoz asosida, homiylar va ota-onalar hisobidan operatsiya qilindi. Implantatsiya qilingan bolalarni monitoring qilish natijalari esa 90 foiz ijobiy. Ya’ni, ularning eshitish qobiliyati tiklanib, gapira boshladi. 7 yoshga kirganlari esa umumta’lim maktablarida o‘z tengqurlari qatorida tahsil olmoqda.

Aytib o‘tish joiz, koxlear implantatsiya operatsiyalarining ijobiy natijasi amaliyotdan keyingi reabilitatsiyaga bog‘liq. Implantatsiya qilingan o‘g‘il-qizlarda operatsiyadan keyingi tiklanish tadbirlari to‘g‘ri o‘tkazilmas ekan ularda eshitish va nutq rivojlanishi, hayotga moslashuv jarayoni sust boradi. Shu bois, Toshkent shahri va viloyatlardagi surdopedagoglar koxlear implantatsiya reabilitatsiya bosqichlarini o‘zlashtirish bo‘yicha tahsil olishdi va hozirda markaz bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi 40 o‘ringa mo‘ljallangan maxsus “Tug‘ma va orttirilgan LOR a’zolari kasalliklari” bo‘limida koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bo‘lim zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan, mahalliy yosh shifokorlarimiz Rossiya, Fransiya, Italiya, Polsha, Avstriya, Ukraina, Slovakiya kabi davlatlarning yetakchi klinikalarida tahsil olib qaytishgan.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Bo‘lajak sportchilar davrasida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: