Sabina Kumushdan mamnun

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi yakunlandi.

Gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida o‘tgan musobaqada vakillarimizdan tashqari, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Vengriya, Rossiya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Sloveniya, AQSH, Chexiya, Estoniya hamda Ukrainadan kelgan gimnastikachilar sakkiz yo‘nalishda g‘oliblik uchun bellashdi.

Yakkalik bahslarida halqa, to‘p, bulava va tasma bilan mashq bajargan gimnastikachilar o‘rtasida hamyurtimiz Sabina Toshkenboyeva munosib ishtirok etdi. U bulava bilan mashq bajarishda 17,950 ball to‘plab, shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Sportchilarimiz g‘oliblar safida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: