REGBICHILARIMIZ G‘ALABASI

Hindistonning Chennay shahrida regbi bo‘yicha o‘tkazilgan “Asian Olympic Pre-Qualifier” xalqaro turnirida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, musobaqada terma jamoamiz a’zolari mezbon sportchilarni 12:5, Janubiy Koreya terma jamoasini 22:7, filippinlik regbichilarni 17:5 va eronlik raqibalarini 32:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi. Hal qiluvchi bahsda yana mezbon jamoa – hindistonlik regbichilar bilan kuch sinashgan hamyurtlarimiz 38:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi sportchilarimiz 2016 yili Braziliyada bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun shu yilning noyabr oyida Gonkong va Tokio shaharlarida tashkil etiladigan saralash musobaqalarida ishtirok etadi.

Bayram AYTMURODOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  500 sportchi ishtirokidagi Osiyo chempionati yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: