Qo‘lni qo‘lga berib

Mamlakatimiz aholisi sog‘lig‘ini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar ayni vaqtda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi ham chora-tadbirlar rejasini tuzib, uni amalga oshirishda faol harakat qilmoqda.

Jamg‘arma dunyoning qator mamlakatlaridagi xayriya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik rishtalarini bog‘lagan. Jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Misr Arab Respublikasi, Finlyandiya kabi bir qator davlatlar bilan o‘zaro shartnoma imzolagan. Ushbu davlatlar bilan beg‘araz insonparvarlik muruvvat yordami, tibbiy, sport, o‘quv-sog‘lomlashtirish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik amalga oshirilmoqda. Xususan, 2008-2012 yillar mobaynida Koreya Respublikasining “KOFIH” – Xalqaro Sog‘liqni saqlash jamg‘armasi In Xa universiteti Gospitali, Seul Milliy universiteti Gospitali, “JCI Korea” xalqaro yoshlar tashkiloti, “Save the children” xalqaro tashkiloti, “Cha” universiteti qoshidagi “Pundan Cha” gospitallarini misol tariqasida keltirish mumkin.

Mamlakatimiz aholisining sog‘lig‘ini mustahkamlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ayni vaqtda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu boradagi keng ko‘lamli ishlarda “Sog‘om avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining ham munosib o‘rni bor. Ona va bola salomatligini mustahkamlash borasidagi dasturlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, “KOFIH” – Koreya xalqaro Sog‘liqni saqlash jamg‘armasi qoshidagi Tibbiy-ijtimoiy paronaj markazini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi. Loyihaga ko‘ra Markazning yangi binosi qurilib ishga tushirildi. Markaz zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlandi. Bundan tashqari markaz xodimlari o‘z kasbiy malakasini oshirishdi. Yana jamg‘armaga “KOFIH” tashkiloti tomonidan “Hyundai” mobil klinikasi ham topshirilgan. “Ameri Kerz” (AQSH) xalqaro tashkiloti ham uzoq yillardan beri respublikamizga muruvvat yuklarini yetkazib bermoqda. “Friyedenzdorf Interneyshnl” (Germaniya) xalqaro jamg‘armasining ko‘magida 2002-2013 yillar mobaynida o‘zbekistonlik 206 nafar bemor bola Germaniyada davolanib qaytishdi. Jamg‘arma yordami va “Fridenzdorf Interneyshnl” tashkilotining grant mablag‘i asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi, Buxoro va Andijon viloyatlaridagi klinikalarda 330 nafardan ziyod bolalar yuz-jag‘ sohasining tug‘ma nuqsonlari bilan tug‘ilgan bolalar operatsiya qilindi.

Umuman olganda ezgulik chegara bilmaydi. Muruvvatli insonlar esa yer kurrasining qaysi nuqtasida yashasa ham bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zadi. Chunki, har bir inson irqi, jinsi va diniy hamda siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar barchasi Hazrati Odam naslidir. Bu umumiylik esa barchamizni birlashtirib, o‘zaro mehr-oqibat ko‘rsatishga undaydi.

Yana o‘qing:  “Salomatlik” poyezdi – ezgulik elchisi

Jamila HAYDAROVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: