Poydevor mustahkam bo‘lsa…

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va “Sog‘lom bola yili”da amalga oshiriladigan ishlar” mavzuida seminar tashkil etildi. Unda vazirliklar hamda yurtimizdagi nufuzli tashkilotlarning Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raislari ishtirok etdi.

Mazkur seminarda Prezidentimiz tomonidan 2004 yildagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib Xotin-qizlar qo‘mitalarining boshlang‘ich tashkilotlari rolini oshirish, ularning tizimli va hamkorlikdagi ishini yanada kuchaytirish borasida amaliy ish olib borilayotgani haqida to‘xtaldilar. Bu jarayon bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.

Jumladan, 2011 yildan beri Xotin-qizlar qo‘mitalarining quyi tuzilmalari bo‘lmish birlamchi tashkilotlar faoliyatini bosqichma-bosqich kuchaytirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayni kunlarda bu jarayonning yangicha usullari birlamchi tashkilotlarning huquqiy bazasini mustahkamlash, uning faoliyatini ta’minlash maqsadida qayta inventarizatsiyadan o‘tkazish, boshlang‘ich Xotin-qizlar qo‘mitalari raislarining salohiyatli ayollardan saylanishi va jamoaning yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishi natijasida bugungi kunda ro‘yxatga olingan 40 ming 930 dan ziyod boshlang‘ich tashkilotlarning nufuzini oshirishga e’tibor qaratildi.

Ayollar masalasi bilan shug‘ullanuvchi Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining amaliy samarasiga erishish maqsadida boshlang‘ich tizimdagi qo‘mitalar raislarining sohadagi jarayonlardan xabardorligini oshirish, xotin-qizlarga oid davlat siyosatining ustuvor jihatlari va maqsadlari haqida keng tushuncha berilishi ta’kidlandi. Tarmoq va sohalardagi boshlang‘ich tashkilotlarga alohida e’tibor qaratish, ularni o‘zlari faoliyat yuritayotgan tizimlarida ayollarga oid islohotlarni keng qo‘llashi, targ‘ib etishi, shuningdek, “Sog‘lom bola” yilida onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, ko‘proq onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va ularni sog‘lomlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishlari yuzasidan topshiriqlar yuklandi. Chunki, islohotlarni xalq ommasiga, aholiga yetkazish hamda joylarda jamoatchilik rolini kengaytirish uchun ham quyi tizimlar bilan birga boshlang‘ich tashkilotlar ham mas’uldir.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  “Ayol qalbi – mehr bulog‘i”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: