Pastdarg‘omda yangi terapiya majmuasi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasining 100 o‘ringa mo‘ljallangan yangi terapiya majmuasi foydalanishga topshirildi.

Majmuaning qurilishiga respublika investitsiya dasturi doirasida 3 mlrd. 900 mln. so‘m mablag‘ sarflandi. Uch qavatli mazkur binoda bemorlar va shifokorlar uchun barcha sharoit va kerakli tibbiy uskunalar mavjud. Unda tuman markaziy shifoxonasining terapiya, kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya, fizioterapiya bo‘limlari faoliyat ­ko‘rsatadi.

– Ushbu majmuaning ochilishi aholi salomatligiga qaratilayotgan e’tibor natijasidir, – deydi viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam ­Qobilov. – Bu bino pastdarg‘omlik tibbiyot xodimlarining kasb bayramiga tayyorlangan tuhfa bo‘ldi.

Tadbir davomida uzoq vaqtdan buyon xizmat qilib kelayotgan, sohaga katta mehnati singgan xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Yana o‘qing:  Hamkorlik loyihalari amalda:

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: