O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, ona va bola salomatligini mustahkamlash, sog‘­lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirishdagi katta xizmatlari uchun faxriy unvon berilsin:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”

Inamova Svetlana Tursunovna – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jam­g‘armasi boshqaruvi raisi

Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘­lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni tashkil etish ishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Nurmetova Reymajon Abdullayevna – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining Bog‘ot tumani tayanch punkti direktori, Xorazm viloyati

Yuldoshev Davron – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining Nurota tumani tayanch punkti direktori, Navoiy viloyati

II darajali “Sog‘lom avlod

uchun” ordeni bilan

Pashakulova Sakina Abbasovna – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jam­g‘armasining Angren shahar tayanch punkti direktori,Toshkent viloyati

Usmanova Yulduzxon Mamatqulovna – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali direktori

“Do‘stlik” ordeni bilan

Djambekova Siyare Suleymanovna – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi tibbiy-ijtimoiy markazi shifokori

Netesova Irina Yevgenyevna – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh hisobchisi

Rahmonova Rahima Rashidovna – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali direktori

“Shuhrat” medali bilan

Artiqov Xayrullo Dalolovich – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining Namangan shahar tayanch punkti direktori, Namangan viloyati

Boyirov Bahriddin O‘ralovich – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jam­g‘armasining Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filiali direktori

Ibragimova Munavvar Ibragimovna – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi hamshirasi

Yana o‘qing:  BAYRAM KEChASIDA VATAN MADHI

Toshpo‘latova Masuda Djurayevna – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining Olmazor tumani tayanch punkti direktori, Toshkent shahri

Toshboyev Abdullo Xuramovich – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali bosh hisobchisi

Turgunov Usmanjon – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining Andijon viloyati mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi haydovchisi

Xalikov Firdavs Davrankulovich – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkiliy-uslubiy bo‘limi boshlig‘i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent shahri,

2013 yil 23 aprel

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: