ORASTA QIZLAR – OILA GAVHARI

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan ta’lim muassasalarida “Orasita qizlar” to‘garaklari tashkil etilgan.

Ana shunday to‘garaklar faoliyatini yaxshilash, qizlarimizning o‘z mahallasi, yashab turgan xonadoni va uning atrofini toza tutishdagi mas’uliyatini oshirish, yoshlarimiz o‘rtasida milliy qadriyatlarimizga amal qilib yashashni targ‘ib qilish maqsadida Sergeli tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi, Madaniyat va sport ishlari bo‘limi, “Kamolot” YOIH, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi va bir nechta tegishli tashkilotlar hamkorligida “Orasta qiz – oila gavhari” nomli loyiha doirasida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir doirasida “Ozod shahrim aksiyasi”, “Obod mahallam”, “Eng namunali uy”, “Eng namunali yo‘lak” tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi. 20 nafar orasta qizlar tashakkurnoma va sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

M.HASANOVA

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  OILADAGI BAXT ahillikdan bunyod bo‘ladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: