Ochko‘zlikning natijasi

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan farzandlarimizning har tomonlama sog‘lom, bilimli,  yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishlari yo‘lida ertani ko‘zlab qabul qilinayotgan qarorlar mazmun-mohiyatan, avvalo, yosh avlod kamolotiga qaratilgan. Bu borada ayniqsa, bolalar uylarida tarbiyalanayotgan ko‘ngli kemtik bolalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va alohida e’tibordan xalqimiz mamnun.

Afsuski, “guruch kurmaksiz” bo‘lmaganidek, oramizda shunday insonlar borki, ularni inson degan muqaddas nom bilan atashga iymanasan kishi. Ruhiy kasalligi bo‘lgan bolalar rizqiga ko‘z olaytirgan bunday insonlarni kim deb atash mumkin?

Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli Psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyi bosh hisobchisi N.M. muassasaga oziq-ovqat uchun ajratilgan byudjet mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, N.M jami 23 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari uchun ajratilgan 12 mln. 999 ming so‘mlik mablag‘ni mahsulot yetkazib beruvchi xususiy korxonaga o‘tkazib, jami 10 mln. 636 ming so‘mlik mahsulotlarni qabul qilib olinganligi haqidagi soxta ma’lumotlarni hisob-fakturalarga kiritib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari o‘tkazilmoqda.

Azizbek BEKJANOV, 

Bosh prokuratura xuzuridagi  

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi

 ta’minlanishi ustidan nazorat qilish

inspeksiyasi Boshqarmasi boshlig‘i

Yana o‘qing:  FHDYo bo‘limlarida to‘liq elektron hujjat aylanishiga o‘tiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: