Milliy gvardiyamiz yoshlar nigohida

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi professor o‘qituvchilari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyida “Buyuk kelajagimiz bugundan boshlanadi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda respublikamizda harbiy soha hamda Milliy gvardiyamiz salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada qilinayotgan ishlar, ijtimoiy sohani rivojlantirishda yoshlar masalasi, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularda daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish bo‘yicha so‘z yuritildi. Shuningdek, tadbirda o‘quvchilar va Harbiy-texnik instituti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha madaniy va ma’rifiy reja yo‘lga qo‘yilganligi alohida ta’kidlandi. Bundan ko‘zlangan maqsad yoshlarni haqiqiy vatanparvar, jasur o‘g‘lonlar qilib tarbiyalash, qolaversa, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat.

Tadbir so‘nggida institut professor-o‘qtuvchilari tomonidan o‘quvchilarga esdalik uchun kitoblar taqdim etildi.

Yana o‘qing:  ZUMRADOYLAR DAVRASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: