MATBUOT KONFERENSIYASIDA: KONTSEPSIYa VA ISLOHOTLAR

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da bayon etilgan axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi matbuot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi zimmasiga yuklatilgan “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish ishlari yakuniga yetkazilgani aytib o‘tildi. Ularning barchasi o‘rnatilgan tartibda xalqaro va milliy anjumanlarda keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilindi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishuvdan o‘tkazildi.

E’tiborli tomoni shundaki, Konsepsiyaga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu konferensiyada ishtirok etgan xorijlik ekspertlar ham O‘zbekistonda axborot sohasini bosqichma-bosqich va izchillik bilan erkinlashtirish bo‘yicha tanlangan, islohotlarning “o‘zbek modeli”ni amalga oshirishga asoslangan yo‘l naqadar to‘g‘riligini e’tirof etishib, bu tajribadan xorijiy davlatlar ham keng foydalanishi mumkinligini ta’kidlashayotgani diqqatga sazovordir.

Mayna HASANOVA

“Sog‘lom avlod” gazetasi muxbiri

Yana o‘qing:  YIL OSTONASIDAGI ORZULAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: