EZGULIK elchilariga ehtirom

Yaqinda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Ezgulik elchilariga ehtirom” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ayollarga oid davlat siyosatini jamoatchilikka yetkazish, qo‘mita tizimida olib borilayotgan ishlarni matbuotda yanada keng yoritish bo‘lib, ommaviy axborot vositalari bilan o‘rnatilgan ijtimoiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, turli veb-sahifalar hamda boshqa tashkilotlarning axborot xizmatlari bilan do‘stona munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, hududiy Xotin-qizlar qo‘mitalari muassisligi hamda hamkorligida chop etilayotgan nashrlarni yanada faolroq bo‘lib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni tahliliy-tanqidiy ruhda kengroq yoritishga bo‘lgan e’tiborni kkuchaytirishdan iborat.

Mazkur tadbirda o‘zbek ayolining bugungi qiyofasini ochib bera olgan, tizim yangiliklarini tezkor yoritgan, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazishda yaqindan yordam bergan televideniye va radiojurnalistlari, Axborot agentliklari, gazeta va jurnallar hamda veb-sahifalar vakillariga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining maxsus tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova ishtirok etdi va barchani yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi bilan muborakbod etdi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: