Maroqli hordiq

Poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan 255-umumta’lim maktabi qoshidagi “Nihol” yozgi sport-sog‘lomlashtirish oromgohida 120 nafardan ortiq bola bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazmoqda. Bu yerda ular turli fan to‘garaklari va sport mashg‘ulotlarida shug‘ullanib, bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.

Jumladan, “Matematikani o‘rganamiz” va , “Ranglar jilosi” to‘garaklarida o‘quvchilarga hisob amallarining sir-asrorlari, rasm chizish qoidalari chuqur o‘rgatilmoqda. “Mohir qo‘llar” to‘garagida esa qizlarning bir-biridan chiroyli tikkan kashta, do‘ppi, uy-ro‘zg‘or uchun mo‘ljallangan liboslarini ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi.

– Bu yerda yoshlarning dam olishi uchun barcha sharoit mavjud, – deydi maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nurjahon Xolova. – Oromgohimizning har bir kuni tizimli shaklda ishlab chiqilgan tadbirlar bilan uyg‘un o‘tadi. To‘garak­larda faol qatnashayotgan bolalar turli sovg‘alar, kitoblar bilan rag‘batlantiriladi. Asosiysi, yozgi ta’til davomida ularning bo‘sh vaqti samarali o‘tmoqda.

Shuningdek, bu yerda o‘quvchilarni jismonan chiniqtirish maqsadida futbol, shaxmat-shashka va stol tennisi kabi sport to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Bolalar salomatligi esa shifokorlarning doimiy nazoratida.

 

Zebo MURODOVA

Yana o‘qing:  Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilar xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: