MAQSAD — EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va mamlakatimizdagi BMT Taraqqiyot dasturi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari uchun BMTning O‘zbekiston hamda xorijdagi tender xaridlar tizimida ishtirok etish imkoniyatlari taqdimotini uyushtirdi.

Taqdimot marosimiga qurilish va qurilish materiallari, mebel, farmatsevtika, matbaa va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 60 dan ortiq ishlab chiqarish kompaniyasi vakillari taklif etildi.

Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 26 martda qabul qilAingan “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish va mamlakatimiz eksportchi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozlar hamda preferensiyalar tizimi yaratilgani qayd etilgan. Bu borada eksportchi korxonalar, avvalambor, kichik biznes sub’yektlariga mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlash, ularni tashqi bozorlarga chiqarish masalalarida ko‘maklashishga ixtisoslashgan tuzilmalar ham tashkil qilindi. Tadbirda so‘zga chiqqan Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov shu haqda gapirdi.

Shu bois mazkur tadbirning tashkil etilishi mamlakatimiz tadbirkorlarini xalqaro tenderlarga yanada keng jalb qilishga bevosita bog‘liqdir. Jumladan, taqdimot marosimi xususiy sektor vakillarining BMT Taraqqiyot dasturi ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlar yetkazib berish imkoniyatlari haqida xabardorligini oshirishga yordam beradi.

Tadbir davomida BMT Taraqqiyot dasturining shu yilning oxirigacha xaridlar rejasi va 2013-2014 yildagi istiqbolli rejalari taqdim etildi hamda muhokama qilindi. Bundan tashqari, ishtirokchilar BMT xaridlari siyosati va jarayonlari bilan tanishib, tenderlarda qatnashish hamda aniq takliflarni tayyorlash bo‘yicha amaliy maslahatlarni olishdi.

M.MAMETOVA,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  OILA — QO‘Sh USTUNLI AYVON

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: