MAMLAKATIMIZDAGI 70 FOIZ DORIXONALAR

qishloq joylarda faoliyat yuritmoqda

Milliy matbuot markazida xalqimizni sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda kompaniya tizimidagi dorixonalarning yetmish foizdan ko‘prog‘i qishloq joylarda tashkil etilgani ta’kidlandi. 14 ta maxsus jihozlangan “ISUZU” rusumli izotermik avtofurgonlar, 50 ta “Damas” avtomobili chekka hududlardagi aholiga dori-darmon yetkazib bermoqda. Ular tomonidan joriy yilning birinchi choragida qiymati bir milliard so‘mdan ortiq dori vositalari va tibbiyot buyumlari savdosi amalga oshirildi.

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi mahalliylashtirish dasturida belgilangan chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etishga ham o‘z hissasini qo‘shayotir. Jumladan, kompaniya tizimida tashkil etilgan Samarqand shahridagi “Integra DD” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘n turda dori ishlab chiqarilmoqda. Buning natijasida yuzdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Ayni paytda mahsulot turini ko‘paytirish va ishlab chiqarishni kengaytirish, xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Jamiyatning barcha sohalari kabi ushbu tizim faoliyatini rivojlantirish va aholining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni muhim. Kompaniya tizimida axborotlashtirish jarayonini chuqurlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Tadbirda kompaniya faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan loyihalar xususida ma’lumot berildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

G.ShIRINOVA

Yana o‘qing:  “ChUMOLI UYASI”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: