Maktabgacha ta’lim

u oydin kelajak poydevori

Istiqlolga erishganimizdan so‘ng mamlakatimizda ona va bola salomatligini asrash, yosh avlodni ma’nan va jismonan barkamol etib tarbiyalash ustuvor vazifalardan etib belgilandi. Bola tug‘ilishi bilanoq unga ta’lim-tarbiya berish oliy maqsadga aylandi. Oldin bog‘cha deya atalgan muassasa bugun maktabgacha ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etilmoqda. Binolari zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.

Chekka-chekka manzillargacha...

Bugun MTMlardagi shart-sharoit kishini quvontiradi. Maqsad esa bitta: bolalarni barkamol voyaga yetkazish, ularni maktab ta’limiga tayyorlash samaradorligini oshirish. Buning uchun esa muassasalar zarur bo‘lgan didaktik materiallar va o‘yinchoqlar bilan yilma-yil ta’minlanib kelinmoqda.

Quvonarlisi, bugungi kunda respublika bo‘yicha 581 ming nafardan ziyod bola maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olingan.

Shuningdek, joriy yilning sentyabr oyidan mamlakatimizning 13 ta hududida maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bo‘sh guruhlar hisobidan 1 ming 220 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etilmoqda. Mazkur guruhlarda pedagogika kolleji bitiruvchilarining faoliyat yuritishi ta’minlanadi.

Yosh avlodni sog‘lom, ma’naviy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘rgatish, sport va badiiy yo‘nalishdagi to‘garaklar tashkil etilishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda respublikamizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida 4853 ta ingliz, 79 ta nemis, 19 ta fransuz tillari, 1952 ta badiiy gimnastika, 1313 ta shaxmat, 3578 ta shashka va boshqa to‘garaklar tashkil etilgan.

Shu bilan birga, bolalarga o‘zbek xalqining boy an’analari va qadriyatlari hamda tarixini o‘rgatish maqsadida 2825 ta maktabgacha ta’lim muassasasida ma’naviyat xonalari, 477 ta muassasada muzeylar, 322 ta muassasada kutubxonalar tashkil etilgan. Eng muhimi, mazkur jarayon bilan chekka-chekka qishloqlargacha qamrab olingan. Olis manzillardagi bolalar ham xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirmoqda.

Bola shaxsini rivojlantiradigan maskan

Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “Ko‘p yillik ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z umri davomida oladigan barcha informatsiyalarning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan. Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi”, deya ta’kidlanishi bola shaxsining rivojlanishida maktabgacha ta’limning o‘rni juda muhimligidan dalolat beradi.

Яна ўқинг:  Увоғи ҳам нон

Ta’kidlash joiz, “O‘zbek modeli”da maktabgacha ta’lim tizimiga bola shaxsini rivojlantiruvchi muhim bosqich sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda yaratilgan uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi bu – maktabgacha ta’lim hisoblanadi. MTMlar bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi.

Bugungi maktabgacha ta’lim muassasasi avvalgisidan butgul farq qiladi, hozirda bu tizim bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ma’rifat maskani sanaladi.

To‘rtta yo‘nalish belgilangan

Shaxs omilini faollashtirishga yo‘naltirilgan maktabgacha ta’lim bosqichi mazmunini belgilaydigan “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi” ishlab chiqildi.

Mazkur Konsepsiya 2008-2017-yillarda maktabgacha ta’limning rivojlanishi va ustuvorligini ta’minlovchi konseptual Nizom hisoblanib, unda maktabgacha ta’limning asosiy mazmuni, maqsadi, vazifalari, yangilanish tamoyillari, tatbiq etish yo‘llari va modellari belgilangan. Konsepsiyada bolani shaxs sifatida shakllantirishga alohida e’tibor qaratilib, uni psixologik qo‘llab-quvvatlash, o‘ziga va pedagogga bo‘lgan ishonchini orttirish, muammolarni birgalikda hal etish tamoyillariga asoslanadi.

“Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari”da bolani har tomonlama barkamol rivojlantirish maqsadida 4 ta yo‘nalish belgilangan. U asosida yetti yoshgacha bo‘lgan bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlari baholab boriladi, ularning bilim, malaka va ko‘nikmalar rivojlanishining ko‘rsatkichlarini belgilaydi.

Yildan yilga oshib bormoqda

Hukumatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini yaxshilashga e’tibor kundan-kunga oshmoqda. Birgina misol, 2012-yilda kapital ta’mirlash uchun 8,6 milliard so‘m, mebel jihozlari uchun 1,6 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2014-yilda esa kapital ta’mirlash uchun 46,1 milliard so‘m, mebel jihozlari uchun 7,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Sog‘lom bola yili” davlat dasturiga asosan ota-onalar uchun farzandlarini maktab ta’limiga tayyorlash yuzasidan “Nutq o‘stirish, o‘qish va savodga tayyorlash”, “Matematik tasavvurlarni shakllantirish”, “Bolajon” dasturi asosida nasriy hamda she’riy to‘plamlar, “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” qo‘llanmalari yaratildi.

Bahodir HALIMOV,

Sog‘lom avlod” muxbiri

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: