Bilim olish burchimiz

Poytaxtimizdagi 2-Respublika tibbiyot kollejida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 23 yil to‘lishi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda kollej o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Kons­titutsiyasida belgilangan yoshlarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, oila va jamiyat hamda davlat oldidagi burch va majburiyatlari haqidagi bilimlarini namoyish etdilar. Ana shu mavzuga bag‘ishlangan devoriy gazetalar tanlovida 112-guruh o‘quvchilari g‘olib deb topildi.

O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan erta turmush qurishning oldini olishga doir sahna ko‘rinishi hamda konsert dasturi barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: