Kichkintoylar hayvonot bog‘i safarida

Yaqinda Hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘­lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi tasarrufidagi Tibbiy ijtimoiy markaz hududida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilari uchun jamg‘arma tomonidan Toshkent shahrida joylashgan “Hayvonot bog‘i”ga bepul sayohat tashkil etildi.

Bizga ma’lumki, markaz qoshida joriy yilning 3 iyunidan boshlab, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali oila farzandlariga kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatilib, o‘z sog‘liqlarini tiklashlariga hamda madaniy hordiq chiqarishiga ko‘maklashilmoqda. Mazkur oromgohda dam oluvchi bolalar to‘rt guruhga bo‘linib, sog‘lomlashtirish kunlariga har bir guruhdan ellik nafar bolajonlar biriktirilgan. Ular markazda o‘n ikki kun davomida o‘z sog‘ligini tiklash barobarida jamg‘arma tomonidan tashkil etilgan turli tadbir va sayyohatlarda ishtirok etib, madaniy hordiq chiqarishmoqda. Shuningdek, markazda bolajonlar uchun uch mahal issiq ovqat tashkillashtirilib, chet tilini o‘rgatish to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’rifat TOLIPOVA

Yana o‘qing:  Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o‘tkaziladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: