Jondorda 50 dan ziyod xotin-qizni mehnat bilan band qiluvchi majmua ishga tushirildi

Qishloq joylarida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbikorlikka ayniqsa, chekka hududlardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb etish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Buxoroning Jondor tumanida ana shunday xayrli ishga qo‘l urildi.

Viloyatning ish bilan ta’minlanmagan ayollar qatlami yuqori bo‘lgan chekka hududlarida tikuv sexlari ochish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish istagi bilan chiqqan tadbirkorlar o‘z takliflarini bildirib, “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda biznes rejalar tuzishlariga ko‘maklashildi.

Jondor tumanidagi sobiq dehqon xo‘jaligi idorasi tubdan ta’mirlandi, “Alipahlavon” MCHJga foydalanish uchun berildi.

– Binoning o‘zida kamida 50 ta ish o‘rinlari yaratilayotgani, kasanachilik orqali mehnatga yana 20 nafar ayol jalb etilayotganini inobatga olib, korxonaga 250 mln. so‘mgacha imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatildi va ushbu tikuv sexi, ko‘rpa-to‘shak tikish, “Go‘zallik saloni” hamda kutubxonadan iborat majmua barpo etilib ishga tushirildi, – deydi biz bilan suhbatda Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Feruza Ibragimova.

Shuningdek, ushbu majmuada notinch, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarning 5 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga ta’lim va tarbiya beradigan kichik guruh tashkil qilinib, tuman pedagogika kasb-hunar kolleji bitiruvchilari hamda nafaqaga chiqqan o‘qituvchilar ish bilan ta’minlandi.

Majmuaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev so‘zga chiqishdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T. Norboyeva ushbu tadbir ishtirokchilari bilan suhbatlashdi. Ularning kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.

Yana o‘qing:  O‘qituvchilikdan – trenerlikka

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: