Jamg‘arma faoliyatidan (2014/2)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Nukus tumani “O‘rnik” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan harbiy qismda xizmatchilar va ularning oila a’zolaridan jami 65 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Toshkent shahri jamg‘armaning tayanch maskani Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ichki ishlar tizimida xizmat qiluvchi xodimlar va ularning oila a’zolari orasida “Sog‘lom bola – millat kelajagi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Toshkent viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Chirchiq shahridagi harbiy qismda xizmat qiluvchi harbiylar va ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, ular o‘rtasida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari”, “Sog‘lom bola – Vatan tayanchi” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Jizzax viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Jizzax tumani Uchtepa mavzesida joylashgan 2 ta harbiy qism va Markaziy harbiy okrug shtabi alohida qo‘riqlash va ta’mirlash vzvodining 100 nafardan ortiq harbiy xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” va “Oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun”xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Yagona va muqaddas Vatan madhi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: