Jamg‘arma faoliyatidan (2013-46)

Jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy markazi shifokorlari tomonidan poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Olmazor” va “Sharq tongi” mahallalarida o‘smir qizlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni shakllantirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, erta turmush qurishning oldini olish, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, onalik va bolalikni muhofaza qilish kabi mavzularda davra suhbati uyushtirilib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan viloyat Endokrinologiya dispanserida ro‘yxatda turuvchi 193 nafar bemor bolaga sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, Farg‘ona shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida Kombat Aykido federatsiyasi bilan hamkorlikda bolalar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqa g‘oliblariga jamg‘armaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sirdaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida viloyat hokimligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda Badiiy gimnastika federatsiyalari bilan hamkorlikda o‘smir qizlar o‘rtasida viloyat ochiq chempionatini tashkil etdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga jamg‘armaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samarqand viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Toyloq tumanining “Baxshitepa” qishloq vrachlik punktida jami 110 nafar aholi o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Mirishkor tumanining “Ko‘hna Fazliy” va “Mirishkor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi jami 155 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Keling, “G‘uncha” o‘qiymiz!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: