Keling, “G‘uncha” o‘qiymiz!

Bolajonlar meni taniyapsizmi? Qadrdon do‘stingiz G‘unchaoyman! Bu yil ham menga hamroh bo‘lishni xohlaysizmi? Unda shoshiling, “Guncha”ga 2014-yil uchun obuna boshlandi! Yana tengdoshlaringizdan orqada qolib ketmang-a?

Eng yaqin aloqa bo‘limiga borib, “G‘uncha” jurnaliga alohida obuna bo‘lsangiz, har oyda eshigingizni qoqib, kirib boraveraman. Ana shunda sahifalarimdagi bir-biridan qiziqarli komiks, ertak, she’r va hikoyalar, tez aytishu topishmoqlarni mazza qilib o‘qib boraverasiz.

Mening indeksim – 808, elektron manzilim esa guncha_2010@bk.ru

Sahifalarimning elektron shaklini www.guncha.uz saytida ham o‘qishingiz mumkin!

G‘UNCHAOY

“G‘uncha” chorlovi

Uchar gilam, uchar gilam,

“G‘uncha”larni quchar gilam.

Bolalarga salom aytgin,

Obunaga chorlab qaytgin.

Yana aytgin, biz hamisha

Ular bilan birgadirmiz.

Yangi reja, fikru o‘yda

Qo‘l ushlashib yuradirmiz.

Ular yozgan maktublardan

Saralaymiz guldastalar.

Sahifalar nur sochadi,

Varaqlasangiz astalab.

Zahro HASANOVA

“G‘uncha”sevar bo‘rivoy

Kunlardan bir kun bizning Qizilqalpoqcha “G‘uncha” jurnaliga obuna bo‘lish uchun buvisi ishlaydigan aloqa bo‘limiga ketayotgan ekan. Shoshib ketayotganida svetofor oldida Bo‘rini uchratibdi. Tasodifan ularning suhbati qizigandan-qizibdi:

– Qayerga ketayapsan Qizilqalpoqcha? – so‘rabdi Bo‘ri.

– Buvimning oldiga. Obuna bo‘limiga. “G‘uncha” jurnaliga obuna bo‘lmoqchiman, – debdi qizcha.

– “G‘uncha”. Bu qanday jurnal?

– Kitob, jurnal o‘qimaganing gap-so‘zingdan ma’lum Bo‘rivoy. Uni butun O‘zbekiston bolalari biladi. Bir-biridan qiziq komiks, topishmoq, tez aytish, boshqotirmalar – hammasi “G‘uncha”da berib boriladi.

– Hmm… jurnaling o‘zi qanday? Unda do‘mboqqina bolalarning rasmlari ham berib boriladimi? Rasmli bo‘lmasa zerikib qolaman, – debdi Bo‘ri tamshanib.

– Qorning ham, ko‘ngling ham to‘q bo‘lsin. “G‘uncha” rangli jurnal. Uning “Quvnoq qalamlar” sahifasi o‘quvchilar chizgan rasmlarga boy. Taniqli rassomlarning ijodiy ishlari jurnalning har sonida berib boriladi…

– Bo‘ldi, bo‘ldi, Oppog`oy, yo‘g‘-ey, Qalpog`oy men tanlovlarda qatnashib, sovg‘alar olishni yaxshi ko‘raman. Sen maqtayotgan “G‘uncha”da tanlovlar tashkillashtirib turiladimi?

– Jurnal bir-biridan qiziq tanlov va boshqotirmalarga boy. Har bir varag‘i naqd xazina, – so‘zini yakunlabdi Qizilqalpoqcha.

Buni eshitgan Bo‘rivoy pochtaga borib, Qizilqalpoqchadan oldin jurnalga obuna bo‘lgisi kelib ketibdi.

– Sen mana bu yo‘ldan bor – manzilingga tezroq yetasan, – deb uzoq yo‘lni ko‘rsatibdi qizil qalpoqchaga. O‘zi esa qisqa yo‘lni kesib o‘tib, hammadan avval jurnalga obuna bo‘libdi. Shundan buyon Bo‘ri yovuzligini tashlab, tinimsiz “G‘uncha” o‘qiyotgan emish.

Eh-he-hey! Tanlovlarimizda Bo‘rivoyning g‘olib bo‘lganini ko‘rib qolsangiz, hayron bo‘lib yurmasdan, o‘zingiz ham vaqtida jurnalga obuna bo‘ling!

Dilfuza KAMOLJONOVA

Яна ўқинг:  Ангренлик полвонлар муносиб натижаларга эришмоқда

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: