Istiqbolli sayyohlik namoyishi

Poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar zalida «Ipak yo‘lidagi turizm» XIX Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi va «Buyuk ipak yo‘li» reklama agentligi tomonidan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti ko‘magida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston, Xitoy, Shveysariya, Fransiya, Ozarbayjon, Hindiston, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand, Singapur, Ruminiya, Chexiya, Isroil, Italiya, Eron, Turkmaniston, Qozog‘iston kabi qirqdan ortiq mamlakatdan yetti yuzdan ziyod firma va kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Milliy va xalqaro sayyohlik tashkilotlari, mehmonxona va res­toranlar, muzeylar, tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari hamda oromgohlar vakillari ishtirok etgan ushbu yarmarkada mamlakatimizning betakror va xushmanzara tabiati, sayyohlik salohiyati va taklif etilayotgan xizmatlar, noyob me’moriy obidalarimiz aks etgan eksponatlar, xalq hunarmandchiligi buyumlari, fotoekspozitsiyalar keng namoyish qilindi.

Ushbu yarmarka sayyohlik sanoatining zamonaviy yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan. Unda sayyohlik bozorining barcha tuzilmalari – turoperatorlar, turagentlar, yirik tarmoqli mehmonxona majmualari hamda xususiy otellar, sanatoriylar, kurortlar, avtotransport kompaniyalari, aviatashuvchilar va boshqa sayyohlik xizmatlarining dasturiy ta’minotchilari, muzeylar hamda madaniy hordiq chiqarish va dam olish sanoati korxonalarining xizmatlari, sohaga oid zamonaviy texnologiyalar taklif etildi.

Yarmarkada biznes, ekologiya, sport va ma’rifiy sayohat, ekskursiya, kruiz, mehmonxona va res­toran servisi, sohaga doir ko‘chmas mulk va sug‘urta, sog‘lomlashtirish kabi yo‘nalishlarga oid bo‘limlar ish olib bormoqda.

Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan «Milliy taomlar festivali», «Sharq bozori» ekspozitsiyalarida ishtirokchilar o‘zbek milliy taomlari va sarxil meva-sabzavotlardan tatib ko‘rish, shuningdek, o‘zbek milliy pazandachiligi haqida keng ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar. Anjuman qatnashchilari «Hunarmand­lar shahri» bo‘limida mohir o‘zbek ustalari tomonidan nozik did bilan yaratilgan milliy hunarmandlik buyumlarini tomosha va xarid qildilar.

Anjuman doirasida taqdim etilgan o‘zbek milliy musiqasi va rang-barang raqslari, o‘zbek milliy liboslari namoyishi ham yarmarka ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Navro‘z NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Qit’amiz yoshlari musobaqasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: