Islohotlarda jurnalist mas’uliyati

Kuni kecha O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy bilimini va kasb mahoratini oshirish hamda «Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O‘zbekiston» mavzuiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA, Milliy teleradiokompaniya, «Jahon» axborot agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, ommaviy axborot vositalari rahbarlari, matbuot xizmatlari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori M.Hazratqulov, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Sh.G‘ulomov, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari G‘.Mirzayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Vatanimiz mustaqilligining qo‘lga kiritilishi qadr-qimmatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, ozod va obod Vatan, farovon jamiyat barpo etish borasidagi izchil ishlarda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Xalqimiz hayotida ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlarni mamlakatimizda keng yoritish, islohotlardan aholining bahramandlik darajasini oshirish jurnalistlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu jurnalistdan o‘z mutaxassisligi bilan birga zamonaviy axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni yaxshi bilishni, vatanparvarlik hissi bilan yashash va milliy manfaatlarimizni himoya qilishni, doimo ogoh va faol bo‘lishni talab etmoqda.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining ana shunday talablarga to‘la javob bera oladigan mutaxassis bo‘lishi va erkin faoliyat yuritishi uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, sohaga yangi texnologiyalar va bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini keng tatbiq etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida mazkur yo‘nalishda davlat tuzilmalari bilan birga nodavlat tele-radiokanallar va matbuot nashrlari tarmog‘i ham izchil rivojlanayotir.

Seminarda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar va samaralarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi, jurnalist mas’uliyati va vazifalari xususida so‘z yuritildi.

Abdulaziz PARPIYEV

Yana o‘qing:  Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi: «Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!» shiori ostida salomatlik aksiyasi boshlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: