Hayotga nurafshon nigoh bilan

Farg‘ona viloyati oftalmologiya shifoxonasida Koreya Respublikasining “Vision Care Servise” xalqaro tashkiloti oftalmolog-shifokorlari aholini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazdi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2014 yil 1 avgustdagi “2014–2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida aholi, xususan, ona va bolalar salomatligini muhofaza qilishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Bunday ezgu ishlarga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ham munosib hissa qo‘shayotir.

Fond sohaga oid davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, bemor va nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti, Koreya Respublikasining “Save the Children” xalqaro fondi va boshqa muassasalar bilan o‘rnatilgan hamkorlik natijasida tug‘ma yurak nuqsoni, qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari, teri kuyishi asoratlari va boshqa xastaliklar bilan og‘rigan bir guruh bolalar bepul sog‘lomlashtirildi.

Bu yilgi tibbiy ko‘rik davomida xorijlik mutaxassislar 600 dan ziyod fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

– O‘zbekistonlik shifokorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash barobarida aholi, ayniqsa, bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga hissa qo‘shayotganimizdan xursandmiz, – deydi Janubiy koreyalik professor Kim Do Yung. – Mamlakatingiz tibbiyot sohasida salmoqli yutuqlarga erishgan. Dunyoning ko‘plab davlatlarida bo‘lgan shifokor sifatida aytishim mumkinki, O‘zbekistonda tibbiyot sohasida, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida ibratli ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘ldim. Bu yerda kerakli sharoit mavjudligi bois, mazkur tibbiy ko‘rikda barcha jarrohlik amaliyoti muvaffaqqiyatli o‘tdi.

 

Farg‘ona viloyati oftalmologiya shifoxonasida koreyalik shifokorlar tomonidan 80 dan ziyod bemorda katarakta xastaligi bartaraf etilib, ko‘z gavhari sun’iysiga almashtirildi.

 

Bu yilgi aksiyada Farg‘ona viloyatidan kelgan bemorlar Janubiy koreyalik malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazildi. Aniqlangan kasalliklar jarrohlik amaliyoti bilan bartaraf etildi.

– So‘nggi paytlarda ko‘zim xiralashib qolgandi, – deydi Quva tumanida yashovchi 82 yoshli Yulduzxon Kamolova. – Malakali shifokorlarning viloyatimizga kelib tibbiy-ko‘rik o‘tkazayotganidan xursand bo‘ldim. Xorijlik shifokorlar ko‘zimni tekshirib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazishdi. Hozir o‘zimni yaxshi his etyapman. Ko‘zim ham tiniqlashdi. Aholi salomatligini o‘ylab amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar uchun hukumatimiz va mutasaddi tashkilotlardan cheksiz minnatdorman.

Yana o‘qing:  “ASAL”NING ShIRIN QIZALOQLARI

– Ota-ona uchun eng katta baxt farzandining salomatligi, – deydi marg‘ilonlik Sohiba Tursunova. – Qizimni ko‘zida ba’zi nuqsonlar bor edi. Bu yerda malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tib, dilbandimning ko‘zlaridagi ushbu nuqson jiddiy emasligi va tavsiya qilingan muolajani o‘z vaqtida olsa, sog‘ayib ketishini aytishdi. Mutaxassislarning so‘zlarni eshitib, xotirjam bo‘ldik. Bu mamlakatimizda ona va bola salomatligini muhofaza qilish, har bir inson malakali tibbiy yordamdan foydalanishi borasida yaratilgan imkoniyatlar samarasi, deb bilaman.

Farg‘ona viloyati oftalmologiya shifoxonasidagi sharoitlar, zamonaviy asbob-uskunalar tibbiy ko‘rikning samarali o‘tishida muhim ahamiyat kasb etdi. Janubiy Koreyadan kelgan malakali shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari viloyat shifokorlarining tajriba va mahoratini yanada oshirishga xizmat qildi.

 

Navro‘z NORBOBOYEV,

Farg‘ona viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: