Global tahdid: jahon hamjamiyati birlikda kurashmoqda

Yaqinda “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya Toshkent va Samarqanda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti shafeligida o‘tkazildi.

Konferensiyada BMT, YeI, YeXHT kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, AQSH, Afg‘oniston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Latviya, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Malayziya, Quvayt, Qozog‘iston, Qirg‘iziston singari mamlakatlar delegatsiyalari, xorijlik ekspertlar, senatorlar, deputatlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari, fan arboblari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda bugungi kunda tajovuzkor ekstremizm va terrorizmning tarqalishi butun dunyoda xavfsizlikka rahna solayotganini, ushbu global hatarga qarshi jahon hamjamiyati birgalikda kurashmog‘i lozimligini ta’kidlandi.

E’tirof etilishicha, bu borada O‘zbekiston tutayotgan yo‘l, ko‘rayotgan chora-tadbirlar va xalqaro miqyosda ilgari surayotgan tashabbuslar diqqatga molikdir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan tarixiy nutqida so‘nggi yillarda terrorizmga qarshi asosan kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganini ta’kidlagan edi. Qolaversa, davlatimiz rahbari ushbu jarayonda ayniqsa, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligini, chunki bugun dunyo yoshlari soni 2 milliard kishini tashkil qilgani holda ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilayotganiga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratgan edi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq, kuni kecha Xitoyning Sindao shahrida o‘tgan ShHT sammitida davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilingani yana bir muhim voqea bo‘ldi.

Xalqaro anjumanda yoshlar orasida terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishning siyosiy-huquqiy asoslari ham muhokama qilindi.

Notiqlar fikricha, terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizm kabi tahdidlardan yoshlarni asrash uchun ularning xabardorligini oshirish, yosh avlod o‘rtasida ta’lim-ma’rifiy ishlarini kuchaytirish, bandligini ta’minlash, shuningdek, bu borada xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, barcha davlatlar yoshlarini mazkur tahdidlarga qarshi qat’iy kurashish yo‘lida birlashtirish lozim.

 

Sodiq SAFOYEV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari:

– Hozirgi kunda terroristik guruh a’zolarining aksariyati yoshlar sanaladi. Ekstremistik va radikal guruhlarning asosiy ishongani 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslardir. Bundan kelib chiqadiki, bugungi kunda, hukumat, parlament, xalqaro tashkilotlarning harakat markazi yoshlar siyosati bo‘lishi lozimligini ko‘rsatmoqda. Zero, yoshlarni ekstremistik va radikalizm kabi viruslardan himoya qilish muhim vazifa sanaladi. Aynan shu maqsadda bugungi konferensiyaga yig‘ilgan tashkilot a’zolari bilan birgalikda o‘zaro muloqotlar tashkillashtirildi.

Yana o‘qing:  Xalq salomatligini saqlash – ustuvor masala

 

Tatyana SELIVYORSTOVA,

Rossiya yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari:

– Ushbu konferensiyaga juda ko‘plab davlatlardan yoshlar tashkiloti vakillari tashrif buyurganiga guvoh bo‘ldik. Bu tadbirning yuqori saviyada tashkillashtirilganidan dalolat beradi. Yoshlar tashkilotlarining birgalikda ish olib borishi, bir yoqadan bosh chiqarishi, shubhasiz, ekstremizm va radikalizmning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Tomas GREMINGER,

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi:

– Men O‘zbekiston hukumatidan bu kabi yuqori saviyadagi tadbirni tashkillashtirgani, butun dunyo xalqlarini tinchlik yo‘lida birlashishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotganidan minnatdorman. O‘ylashimcha, bunday yirik konferensiyalar terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda yurtingizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar ko‘plab mamlakatlarning e’tirofiga sazavor bo‘lmoqda. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, yurtingizni tinchlik yo‘lida olib borayotgan bugungi sa’y-harakatlarini doimo qo‘llab-quvvatlaymiz.

 

Anjumanda tajovuzkor ekstremizm va terrorizmning oldini olishda zamonaviy tahdidlar va yoshlar tashkilotlarining o‘rni, navqiron avlod o‘rtasida terrorizmga sabab bo‘luvchi omillarga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks yondashuv, mintaqa mamlakatlari yoshlarining xalqaro uyushmasini tashkil etish yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Xalqaro konferensiya ishida yalpi sessiyalar doirasida muhim yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy va milliy ekspert hamda mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

 

Xurshida HUSENOVA,

“Sog‘lom avloaad” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: