“Osiyoda o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda gender masalalarning baholanishi” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi
O‘quv-seminar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda o‘tkazildi.
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirlik huzuridagi Bosh ilmiy-metodik Markaz tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, YUNESKO vakolatxonasi xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari hamda amaliyotchi-mutaxassislar ishtirok etishdi.
O‘quv seminari ishtirokchilari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda anketa-so‘rovnomalari o‘tkazildi:
— o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha darsliklar mualliflari uchun;
— o‘qituvchilar tayyorlash uchun ta’lim dasturlari va o‘quv materiallarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar rahbarlari uchun;
— maktab darsliklarini gender baholash uchun;
— o‘qituvchilarni kasbiy tayorlash bo‘yicha tashkilotlaruchun va boshqalar.
Ma’ruzalar, savol-javoblardan tashqari anketa-so‘rovnomalar shaklida o‘tkazilgan o‘quv-seminari ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati