Gazetamiz “Oltin qalam” IX Milliy mukofoti xalqaro tanlovi g‘olibi!

Gazetamiz “Eng yaxshi jurnalistik material uchun (bosma OAV)” nominatsiyasi bo‘yicha “Oltin qalam” IX Milliy mukofoti xalqaro tanlovining birinchi o‘rin sohibi bo‘ldi!

Mukofotlar 2 may kuni “Turkiston” saroyida o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida gazeta bosh muharriri Faxriddin Hayitga topshirildi.

3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu tadbirda senatorlar, deputatlar, vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning mamlakatimizdagi vakolatxonalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, faxriy jurnalistlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.

2006 yildan buyon o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda 4 ming nafarga yaqin jurnalist 50 mingdan ortiq ijtimoiy ahamiyatga molik materiali bilan ishtirok etdi. 194 nafar jurnalist “Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi bo‘ldi. 48 nafar ijodkor nufuzli xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari ta’sis etgan mukofotlar bilan taqdirlandi.

Televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan bu yilgi ijodiy loyihada o‘n uchta – bitta Bosh milliy mukofot, har bir yo‘nalish bo‘yicha uchtadan mukofot ta’sis etilgan. Tanlov uchun mamlakatimizning barcha turdagi ommaviy axborot vositalarida mehnat qilayotgan 490 dan oshiq jurnalistdan 7500 ga yaqin ijodiy ish kelib tushdi. Ularni baholashda tanqidiy va tahliliy chiqishlarga, hayot haqiqati xolis aks ettirilgan, ijodiy izlanuvchanlik asosida tayyorlangan materiallarga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, navqiron avlod ongu shuurini milliy hayot tarzimizga zid va begona bo‘lgan zararli axborotlar xurujidan ishonchli tarzda himoyalashga, mamlakatimizda har jihatdan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, bu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rliklarning mazmun-mohiyati atroflicha tahlil etilgan materiallarga alohida ahamiyat berildi.

Tanlovni tashkil qilish, o‘tkazish, g‘oliblarni taqdirlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar uchun mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratildi.

Ijodiy bellashuvning televideniye, radio, matbuot va internet-jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblariga diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi hamda pul mukofotlari topshirildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan ta’sis etilgan nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlar topshirildi.

Yana o‘qing:  Prezident stipendiyasi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi

Gazetamiz bosma OAV – matbuot yo‘nalishida ishtirok etib, “Mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, onalik va bolalikni himoya qilish, oilalarda sog‘lom muhitni kuchaytirish, tibbiy madaniyatni oshirish, bolalar sportini rivojlantirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarni keng va tahliliy yoritgani uchun” birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati bilan O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi saytida tanishishingiz mumkin.

Tantanali marosimdan lavhalar:

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: